Hindistonda bortida 242 nafar odam boʻlgan yoʻlovchi samolyot halokatga uchradi

Foto: India Today
Hindistonning “Air India” aviakompaniyasiga tegishli “Boeing 787-8 Dreamliner” samolyoti Ahmadobod shahridan havoga koʻtarilganidan biroz oʻtib halokatga uchradi. Fojia yuz bergan vaqta havo kemasi bortida 242 kishi boʻlgan.
Kapitan halokatdan oldin Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan. Samolyotni kapitan Sumit Sabharval va birinchi ofitser Klayv Kundar boshqarayotgan boʻlgan. Baxtsiz hodisa samolyot soat 13:38 da havoga koʻtarilganidan besh daqiqa oʻtib, Megani aholi yashash hududiga qulab tushgan.
Maʼlum qilinishicha, samolyot Ahmadobod — London yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan edi. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, havo kemasi qulagan joydan olingan tasvirlarda havoni quyuq qora tutun qoplagani aks etgan. Halokatdan keyin voqea joyiga favqulodda xizmatlar yettita oʻt oʻchirish mashinasi yetib kelgan.
“India Today” telekanali uzatgan tasvirlar dahshatli halokatning koʻlamini koʻrsatib bergan. Bitta videoda samolyot qulab tushgan joyda olov shariga aylangan lahzani aks ettirgan. Tasvirga koʻra, samolyot binolar ustiga qulagani taxmin qilinmoqda.
“Air India” fojiani tasdiqladi. “Ahmadobod — London yoʻnalishida parvoz qilayotgan AI171 reysi bugun, 2025-yil 12-iyun kuni fojiaga uchradi. Ayni damda biz tafsilotlarni aniqlayapmiz va qisqa vaqt ichida soʻnggi maʼlumotlarni taqdim etamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
“Flightradar24” aviatsiya kuzatuvchisiga koʻra, “Boeing 787-8 Dreamliner” yoʻlovchi samolyoti bir kun oldin Dehlidan Ahmadobodga uchib kelganini maʼlum qildi.
Hindiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ham dahshatli halokatni tasdiqlovchi bayonot berdi. Qayd etilishicha, ikkinchi uchuvchi Havo harakatini boshqarish boʻlimiga qoʻngʻiroq qilgan va shundan soʻng samolyot bilan aloqa uzilib qolgan. Boshqarmaning qayd etishicha, samolyot bortida 2 uchuvchi va 10 nafar ekipaj aʼzosi, 230 yoʻlovchi boʻlgan. Havo kemasi 8200 soatlik tajribaga ega uchuvchi Sumit Sabharval boshqaruvida boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring