Hindiston xalqaro kinofestivalida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
20-28-noyabr kunlari Goada 53-marotaba oʻtkazilayotgan (International Film Festival of India 53rd) Hindiston xalqaro kinofestivalida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov, prodyuser Otabek Xoʻjayev, Kinochilar uyi direktori Lazizbek Temirov, Kinematografiya agentligi matbuot xizmati kotibi Barno Oʻngboyevalar ishtirok etishmoqda.
Hindistonga tashrifdan asosiy maqsad oʻzaro tajriba almashish, hind kino sanoati bilan yaqindan tanishish, kinoteatrlar, kinozallar faoliyatini oʻrganish. Delegatsiyamiz uchun Goaning eng katta kinoteatrlariga ekskursiya tashkil etildi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik kinoijodkorlar xalqaro kinofestivalning kinobozori bilan ham yaqindan tanishdi. Goa kinofestivalida “Film Bazaar” yoʻnalishi alohida ahamiyatga ega. Tashrif davomida koʻplab filmlar prokati, oʻzaro almashinuvi va keng qamrovli hamkorlik yuzasidan kelishuvlar koʻzda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring