Hindiston bosh vaziri terror tahdidiga uchradi

14:53 12 Fevral 2025 Dunyo
81 0

11-fevral kuni Mumbay politsiyasi terrorchilar bosh vazir Narendra Modi samolyotiga hujum qilishi mumkinligi haqida signal oldi, deb xabar bermoqda “Hindustan Times” nashri.

Taʼkidlanishicha, terakt haqidagi xabarlar Mumbayning Chembur tumanidan qilingan qoʻngʻiroqlardan birida aniqlangan. Qoʻngʻiroqni amalga oshirgan shaxs xavfsizlik xodimlari tomonidan ushlanganda, uning ruhiy xasta ekanligi oydinlashgan. Terakt xabari yolgʻon yoki rostligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq.

“Politsiya nazorat xonasiga kelib tushgan qoʻngʻiroqdan soʻng, barcha xavfsizlik kuchlari ogohlantirildi hamda zaruriy chora tadbirlar koʻrildi. Gumonlanuvchi qoʻlga olinib, dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgan”, — deyiladi Mumbay politsiyasi bayonotida.

Mazkur holat, bosh vazir Narendra Modiga qilinishi mumkin boʻlgan birinchi suiqasd xabari emas. Ehtimoliy hujum haqidagi xabar 2024-yilning dekabr oyida ham xavfsizlik kuchlari tomonidan qayd etilgan va holat nazoratga olingan edi.

Maʼlumot uchun, 12-fevral kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi prezident Donald Trampning taklifiga binoan AQSHga borishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер