“Here we go!” Rasman: Xabi Alonso “Real Madrid” bosh murabbiyi
Xabi Alonso rasman “Real Madrid” klubi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, ispaniyalik mutaxassis “qirollik klubi” bilan 2028-yil yozigacha moʻljallangan shartnoma imzolagan. Mazkur bitim 1-iyundan boshlab kuchga kiradi.
Maʼlumot uchun 43 yoshli murabbiy 2022-yil oktyabridan buyon Germaniyaning “Bayer” klubini boshqarib kelayotgan edi. U mazkur jamoa bilan 2023/24-yilgi mavsumda Germaniya kubogi hamda Superkubogi, shuningdek, Bundesliga gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Taʼkidlash joiz, Xabi Alonso ayni damda oʻzi 2009–2014-yillar oraligʻida toʻp surgan klubning murabbiyiga aylandi. U “Real” sharafini himoya qilgan 5 mavsum davomida 6 ta sovrinni, jumladan, La Liga va Chempionlar Ligasi kubogi gʻolibligini tantana qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring