Hayot uchun joy ajrating!

12:51 25 Sentyabr 2024 Jamiyat
176 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida ana shu shior ostida ekoaksiya oʻtkazildi. Unda hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni shakllantirish ishlari amalga oshirildi.

— Shu bilan birga yoshlar orasida tabiatni asrash, avaylash mavzusidagi targʻibot tadbirlari ham boʻlib oʻtdi, — deydi Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. — Qatnashchilarga atrof-muhitni muhofaza qilishni har birimiz oʻzimizdan boshlashimiz kerakligi alohida uqtirildi.

200 nafardan ziyod koʻngillilar ishtirokidagi ushbu tadbir davomida hududlar 200 tonna maishiy va boshqa turdagi chiqindilardan tozalandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер