Hashar oʻzaro birdamlik, ahillik, hamjihatlikni mustahkamladi

13:23 26 Avgust 2024 Jamiyat
57 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. 24-25-avgust kunlari respublikamizda ana shu shior ostida boʻlib oʻtgan umumxalq xayriya hasharida 2 mln. 246 nafar andijonliklar ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan hududlarda obodonlashtirish, tartibga keltirish va taʼmirlash ishlari bajarildi.

— Oʻzaro birdamlik, ahillik, hamjihatlik kabi xislatlarimizni ifoda etuvchi hasharda viloyatdagi 5 ming 663 gektardan iborat maydonlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, — deydi Mahallalar uyushmasi Andijon viloyat boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Abduvahob Hamidov. — Natijada 6 ming 742 ta koʻcha, 971 ta qabriston, 67 ta ziyoratgoh va muqaddas qadamjolar, 1 ming 115 ta bolalar maydonchalari tartibga keltirildi. 44 ming 804 ta xonadondagi tomorqa yerlarida chopiq va ekinlarni begona oʻtlardan tozalash ishlari olib borildi.

Shuningdek, hashar doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga muruvvat yordamlari koʻrsatish maqsadida 5 ming 931 ta xonadonda taʼmirlash ishlari bajarildi. 5 ming 960 ta ehtiyojmand oilalarga moddiy va ijtimoiy koʻmak koʻrsatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер