Hasanboy Rahimov xalqaro musobaqada sovrindor boʻldi

14:34 26 Fevral 2023 Sport
719 0

Misrda oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha xalqaro musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ilk medalini qoʻlga kiritdi. Ortda qolgan kun dasturida Hasanboy Rahimov bronza medaliga ega chiqdi.

-125 kg vazn toifasida bahs olib borgan polvonimiz ilk bosqichda polshalik Kamil Kosyolekka magʻlub boʻldi. Polyak kurashchisi finalgacha yetib borgach yurtdoshimizda bronza medali uchun imkoniyat paydo boʻldi va u bundan unumli foydalandi. 

Ahamiyatlisi, Rahimov oʻtish bosqichida ushbu vazndagi boshqa bir sportchimiz Sardorbek Xolmatovni, bronza medali uchun kurashda esa xitoylik Benxin Duanni dogʻda qoldirishga erishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?