Hasan akaning kamtarlik, samimiylik va qatʼiyatlilik fazilatlariga havas qilar edik – Norboyeva Hasan Normurodovning yaqinlariga hamdardlik izhor etdi

Xabar berilganidek, bugun, 24-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisining ikkinchi ish kuni boʻlib oʻtmoqda.
Kun tartibidagi masalalarga oʻtishdan avval Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva jamoat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni, senator Hasan Norbekovich Normuradovning vafot etgani toʻgʻrisidagi xabar barchani chuqur qaygʻuga solganini taʼkidlab, hamdardlik bildirdi.
«Hasan Norbekovich uzoq yillar jamiyat va davlat hayotining turli yoʻnalishlarida halol mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan fidoyi va jonkuyar inson edi. Hasan aka bilan birga ishlash nasib qilgan har bir inson, shu jumladan, oʻzim ham, u kishining kamtarlik, samimiylik va qatʼiyatlilik fazilatlariga havas qilar edik. Ayniqsa, Xasan Norbekovich soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarni Samarqand viloyatida bekamu-koʻst amalga oshirishda, mahallalarda barqaror maʼnaviy-maʼrifiy muhitni qaror toptirishda viloyat nuroniylariga yetakchilik qilib kelganliklari tahsinga sazovor.
Yaqinda Samarqandga tashrif chogʻida Prezidentimiz ham u kishining holidan xabar olib, davlat va jamoat oldidagi koʻp yillik mehnatlarini samimiy eʼtirof etib, hurmat-ehtirom koʻrsatgan edilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xasan Norbekovich Normuradovning oila aʼzolari va yaqinlariga, qolaversa, butun Samarqand jamoatchiligiga chuqur hamdardlik izhor etadi», dedi Senat Raisi T.Norboyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring