Kasaba uyushmalari mahallalar bilan yaqindan ishlaydigan samarali tizimni yoʻlga qoʻyadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari vakillari bilan uchrashuvida globallashuv va raqamli taraqqiyot sharoitida mehnat munosabatlari sohasida yangi shakllar ham keng ommalashayotganiga eʼtibor qaratildi.
Imkoniyat va sharoit yaratib berilgani tufayli bugungi kunda 6 millionga yaqin aholi oʻzini oʻzi band qilib, roʻzgʻor tebratmoqda.
Masalan, hozirgi vaqtda odamlarimiz dasturchi, veb-dizayner, hunarmand, taksi haydovchisi, kuryer kabi oʻnlab kasblarda platformali bandlik asosida ishlamoqda. Koʻplab fuqarolarimiz, ayniqsa, xotin-qizlar masofadan turib mehnat qilishni oʻrgandi. Mahallalarni “drayver” sohalarga ixtisoslashtirish hisobidan 1,5 million oila oʻz xonadonida ishlab, daromad olmoqda.
Bugun ushbu yoʻnalishlar iqtisodiy taraqqiyotimizning bir qismiga, ularda faoliyat yuritayotgan odamlar esa mehnat munosabatlarining teng huquqli subyektiga aylanmoqda.
Endi kasaba uyushmalari ham mahallalar bilan yaqindan ishlaydigan samarali tizimni yoʻlga qoʻyish taklif qilindi.
Bandlik vazirligiga kasaba uyushmalari bilan birgalikda platformalarda faoliyat yuritayotgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini taʼminlash, ularning hayoti, xavfsizligini sugʻurtalash boʻyicha asoslangan takliflarni Hukumatga kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring