Har yili 4,5 million odam umriga zomin boʻlayotgan dardga daʼvo topildi

Kanadadagi MakMaster universiteti olimlari oxirgi 30-yil ichida ilk bor yangi turdagi antibiotik topishdi. U “lariotsidin” deb nomlanadi va u antibiotiklarga chidamli hamda xavfli bakteriyalarga qarshi samarali kurasha oladi. Ushbu yangilik “Nature” jurnalida eʼlon qilindi va uni olimlar katta kashfiyot deb hisoblashmoqda.
Yangi antibiotikni professor Gerri Rayt boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi topdi. Ular uni “lasso peptidi” deb ataluvchi moddalar sinfiga mansub deb aniqlashdi. Bu modda bakteriyalarni butunlay boshqa usulda yoʻq qiladi. Olimlarning aytishicha, bu antibiotik bakteriyalarning oʻsish va yashashi uchun muhim boʻlgan jarayonni toʻxtatadi.
“Lariotsidin” Hamilton shahridagi oddiy bir hovlining tuprogʻidan olingan. “Paenibacillus” deb ataluvchi bakteriya uni ishlab chiqargan. Olimlar bu bakteriyani bir yil laboratoriyada oʻstirib, uning ichida kuchli antibakterial xususiyatga ega modda borligini aniqlashgan. Bu modda boshqa antibiotiklar ishlamay qolgan holatlarda ham foydali boʻlishi mumkin.
Tadqiqotga koʻra, “lariotsidin” inson hujayralariga zarar qilmaydi, mavjud dori vositalariga nisbatan qarshilik mexanizmlaridan chetda qoladi va hayvonlar ustida oʻtkazilgan tajribalarda yaxshi natija bergan. Hozir olimlar bu dori bozoriga chiqarilishi uchun uni yetarli miqdorda ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda. Bu dori kelajakda millionlab insonlar hayotini saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Hozirda olimlar ushbu moddaning klinik sinovlari uchun yetarli miqdorda ishlab chiqarish yoʻllarini izlayapti. Gerri Raytning taʼkidlashicha, “bakteriyalar biz uchun dorilar ishlab chiqarish bilan qiziqmaydi”, shuning uchun uni doriga aylantirish uchun koʻp vaqt va resurslar talab etiladi. “Biz bu molekulani parchalab, yana qayta yigʻib, uni yanada mukammal dori nomzodiga aylantirish ustida ishlayapmiz”, — deydi u.
Dunyoda har yili 4,5 million odam antibiotiklarga chidamli infeksiyalar tufayli vafot etmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti buni insoniyat salomatligiga eng katta tahdidlaridan biri deb eʼlon qilgan. Shu fonda, “lariotsidin” insoniyatga antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurashda yangi umid eshigini ochishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring