Har bir viloyatda kamida 1 tadan IT akademiya tashkil etiladi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqot qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Uchrashuv chogʻida Prezidentimiz eʼtiborni kuchaytirib, yoshlarimizga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pogʻonalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi.
«Bugungi muloqotimizni oʻtkazish uchun “Astrum” akademiyasini bejizga tanlamadim.
Bu yerda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash koʻnikmalarini egallayotgani, ayniqsa, oʻqish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta.
Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida boʻlganlarning tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz», dedi davlatimiz rahbari.
Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni koʻzi bilan koʻrib, oʻz hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring