Hamid Olimjon va Zulfiya ijodiga ehtirom
Foto: Filmdan lavha
Joriy yilning 27-may kuni poytaxtimizdagi “Kinochilar uyi”da Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Muhabbat bahori” badiiy filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.
Film rejissyori Ibrohim Rasulov, ssenariy mualliflari Mikoil Sulaymonov va Zulfiya Qurolboy qizi.
“Muhabbat bahori”da bosh rollarni Hamza Hasanov, Shahnoza Hojimurodova, Shohida Ismoilova, Abduraim Abduvahobov, Mehriddin Rahmatovlar ijro etishgan. Premyera avvalida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Ozoda Parpibayeva, film rejissyori Ibrohim Rasulov, aktrisalar Shahnoza Hojimurodova va Shohida Ismoilova soʻzga chiqdi.
Ayniqsa, tadbirda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalarining chiqishi premyeraga koʻtarinki ruh bagʻishladi. Filmda Hamid Olimjon va shoira Zulfiyaxonimning bir-biriga sadoqati, ularning adabiyotga qoʻshgan hissasi haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning bolalik davri va ijodiy faoliyati mohirona tasvirlangan. Ularning hayot maktabi yosh avlod uchun sadoqat namunasidir.
Shahnozabonu Shodiyeva, OʻzDJTU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring