HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon at-Tani Isroil va HAMAS Gʻazo sektorida 2023-yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan urushni tugatishga kelishib olganini maʼlum qildi.
Bu bitim vaqtinchalik oʻt ochishni cheklash va garovga olinganlarning bir qismini ozod etishni koʻzda tutadi. Natijada, koʻchirib yuborilgan falastinliklar oʻz uylariga qaytishi mumkin boʻladi. Qayd etish kerakki, otishma va bombardimonlar tufayli aksariyat binolar vayronaga aylangan.
Maʼlum qilinishicha, sulh 19-yanvar, yakshanba kunidan kuchga kiradi. Dastlabki bosqich 6 hafta (42 kun) davom etib, Isroil qoʻshinlarining qisman olib chiqilishi va sektorga yordamning koʻpayishini oʻz ichiga oladi.
Isroil tinch aholiga sektorning qamal qilingan shimoliy qismidagi uylariga qaytishga ruxsat beradi. Bu hududda yordam tashkilotlari ocharchilik yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Tel-Aviv anklavga kuniga 600 tagacha yuk mashinasida yordam yetkazib berilishiga ruxsat berishi mumkin.
Yahudiy davlati oʻz qoʻshinlarini Gʻazoning aholi yashaydigan markazlaridan chiqarib, Gʻazo-Isroil chegarasidan 700 metrdan oshmagan ichki hududlarga joylashtiradi hamda Misr va Gʻazo oʻrtasidagi chegara hududida joylashgan “Filadelfiya yoʻlagi”dagi oʻz ishtirokini qisqartiradi.
Agarda kelishuvning 2-bosqichigacha shartlar bajarib borilsa, keyingi bosqich doirasida HAMAS qolgan barcha garovdagilarni, Isroil qamoqxona tizimida saqlanayotgan falastinliklarni ozod qilish evaziga qoʻyib yuboradi.
Yaxshi mujdalarning borligiga qaramasdan, ushbu kelishuvning barcha shartlarini amalga oshirilishi Binyamin Netanyaxuning pozitsiyalariga zid boʻlganligi tufayli noaniqligicha qolyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring