HAMAS bayonoti: Gʻazodagi urush tugashi mumkin, agar…

13:58 18 Dekabr 2024 Dunyo
138 0

Falastinning HAMAS harakati 17-dekabr kuni Qatarda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha jiddiy va ijobiy muzokaralar oʻtkazilganini maʼlum qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Muzokaralar Qatar va Misr davlatlari homiyligida oʻtkazilgan. “Oʻt ochishni toʻxtatish va asirlarni ayirboshlash toʻgʻrisidagi kelishuvga erishish faqat bosqinchi yangi shartlar qoʻymagan taqdirdagina mumkin boʻladi”, — deyiladi HAMAS bayonotda.

2023-yil noyabr oyida HAMAS va Isroil mahbuslarni ayirboshlab Gʻazo sektorida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga erishgan edi. Isroil taxminan bir hafta davom etgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvidan soʻng Gʻazoga hujumlarini qayta boshlagan. Hozirga kelib HAMAS yuzga yaqin isroillik asirni ushlab turgani aytilmoqda.

Muzokaralardan xabardor manbalarga tayanib, “The Jerusalem Post”ning xabar berishicha muzokara davomida sezilarli yutuqlarga erishilgan. Maʼlum qilinishicha, Gʻazo sektoridagi oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga bir oy ichida erishish mumkin.

HAMASni xavotirlantirayotgan asosiy jihat shundaki, Tramp AQSH prezidenti lavozimini rasman egallaganidan keyin 40-60 kun davom etishi taxmin qilingan kelishuvning bir bosqichida uning buzilishi ehtimoli mavjud. HAMAS shu sababli AQSH prezidentining inauguratsiyasiga qadar Isroil bilan shartnoma tuzishga harakat qilib koʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер