HAMAS asirlarni ozod qilishga rozi ammo…
Qatarda Isroil va HAMAS rasmiylari oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni taʼminlash uchun yana bir bor muzokara oʻtkazmoqda.
HAMAS Isroil bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv doirasida 34 nafar asirni ozod qilishga tayyorligini maʼlum qilgan. Bu haqda “Reuters” va AFP agentliklari Falastin guruhi rasmiysiga tayanib xabar berdi.
Dastlabki almashuv Gʻazoda saqlanayotgan barcha ayollar, bolalar, qariyalar va kasal asirlarni oʻz ichiga oladi.
“Reuters” agentligi ismini oshkor etmagan HAMAS rasmiysiga tayanib, oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv Isroilning doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi va Gʻazodan chiqib ketishiga bogʻliq boʻlishini maʼlum qilgan.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi dushanba kuni HAMAS 34 nafar asirga oid tafsilotlarni ular bilan boʻlishmaganini aytdi.
“Hozircha Isroil garovga olinganlarning roʻyxatdagi holati boʻyicha HAMAS tomonidan hech qanday tasdiq yoki izoh olgani yoʻq”, — deyiladi Netanyahu idorasi bayonotida.
Xabarlar Qatarda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishish boʻyicha muzokaralar olib borilayotgan bir paytda yangragan.
Muzokaralarda vositachilik qilayotgan AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning 20-yanvar kuni lavozimga kirishishi oldidan muzokaralarda soʻnggi daqiqada muvaffaqiyatga erishishga umid qilmoqda.
“Biz buni keyingi ikki hafta ichida amalga oshirishni istaymiz”, — degan Blinken Janubiy Koreyaga safari davomida.
HAMAS oʻzining qoʻlidagi asirlarni ozod qilgan paytda urushning tugashiga kafolat bormi yoki yoʻq shunga aniqlik kiritmoqchi.
Yakshanba kuni Isroil Gʻazoni bombardimon qilishni davom ettirdi, oʻz harbiylari dam olish kunlari anklavdagi 100 dan ortiq obektlarga zarba berganini daʼvo qilmoqda. Ushbu hujumlarda 100 dan ortiq falastinlik halok boʻlgan. Nuseyrat lageridagi uyda besh kishi va Xon Yunisdagi politsiya boʻlimida yana besh kishi qurbon boʻlgani maʼlum.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring