Ham tozalik, ham daromad manbai
Maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish ishlarining samarali tashkil etilishi ekologik muammolarni bartaraf etish bilan birga iqtisodiyotga ham katta foyda keltiradi. Shu bois, Surxondaryo viloyatida bu borada bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Denov tumanidagi “Abulfayz-Mirakbar” korxonasi tomonidan chiqindini qayta ishlash orqali granula ishlab chiqarish loyihasi shular jumlasidandir. Korxonada yiliga bir yarim tonna yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan boʻlib, buning uchun 3 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Yillik eksport hajmi 5 mln. dollarni tashkil etadi.
— Korxonamiz ish boshlashi bilan oʻnta yangi ish oʻrni yaratildi. Bu yerda yil davomida 25 ming tonna chiqindi utilizatsiya qilinib, bir marta ishlatilgan polietilen plyonkalardan granula tayyorlanmoqda, – deydi korxona rahbari Nuriddin Jumayev. – Loyiha doirasida tayyor polietilen plyonka, quvurlar ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻyamiz.
Taʼkidlash joizki, viloyatda 12 ta chiqindi poligoni boʻlib, mavjud 6 ta korxona tomonidan muntazam ravishda sanitar tozalash xizmati koʻrsatilyapti. Viloyatda yil davomida 380-400 ming tonna chiqindi chiqariladi. Shundan, 120-130 ming tonnasi 15 ta mahalliy korxonalarda qayta ishlanib, yarim tayyor va tayyor mahsulotga aylantirilmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar atrof-muhit musaffoligini taʼminlash, ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring