Haydovchilik guvohnomalari olib berishni vaʼda qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi

12:37 29 Iyul 2023 Jamiyat
245 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.-22” MCHJ avtomaktabi oʻqituvchisi R.Ye. fuqaro A.K.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan oʻtkazib berishi evaziga 3,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, R.Ye.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirlarda Nukus shaharidagi “A.” MCHJ oʻqituvchisi Q.Ye. R.Ye.dan 3,2 mln soʻm va 4 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berish uchun yana 10,1 mln soʻmni olgan vaqtida, “A.K.” MCHJ instruktori S.B. Q.Ye.dan 12,5 mln soʻmni olgan vaqtida hamda “A.K.” MCHJ sobiq rahbari N.A. instruktor S.B.dan jami 12,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.X. fuqaro U.T.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan oʻtkazib qoʻyishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?