Haydovchilarga qaysi gaz “zapravka” ishlayotganini koʻrsatuvchi mobil ilova ishga tushiriladi
Joriy yilning 1-dekabrigacha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarining qaysi biri ishlayotganini koʻrsatuvchi mobil ilova ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov YouTubeʼdagi “Lolazor” podkastida maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, mazkur ilovadan foydalanish bepul boʻladi. Faqat AGTKSHlar oʻzlarining qoʻshimcha xizmatlarini koʻrsatish va reklama maqsadida ilovadan foydalanmoqchi boʻlsa, buning uchun haq toʻlanadi.
“Men oʻtgan hafta davomida oʻzimizning mahalliy yoshlar bilan, IT kompaniyalar bilan koʻrishib, shu tizimlarning barchasi haqida gaplashdik. Faqat bir narsa bor — barcha yoqilgʻi quyish shoxobchalari xususiy. Biz hozir dastur ustida ishlayapmiz. Barchaga tavsiyaviy shaklda beramiz”, dedi Mirzamahmudov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, vazirlik bu ilova orqali qaysi AGTKSHga gaz uzatilayotgani haqidagi real vaqt maʼlumotlarini aks ettiradi.
“Bu bepul boʻladi. Biz ular bilan Energetika vazirligi orqali shartnoma qilib, tizimni va ilovani yaratib berish boʻyicha kelishuvga erishdik. Faqat oʻsha yoqilgʻi quyish shoxobchalari qoʻshimcha xizmati uchun yoki reklama uchun mobil ilovani ishlatsa qandaydir toʻlov mavjud boʻladi. Lekin yoqilgʻi quyish shoxobchalari bu ilovani ishlatish yoki ishlatmasligi oʻzining ihtiyorida boʻladi”, deydi vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring