Sentyabr oyining boshida Erondan issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

16:25 30 Avgust 2021 Jamiyat
1338 0

Avgust oyining oxirgi kunlari Oʻzbekistonning koʻpchilik viloyatlarida quruq va huddi yoz oylaridek issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, faqat Toshkent viloyatida, shuningdek respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati ushbu kunlarda kechalari +15…+20 darajani, kunduz kunlari +30…+35 darajani tashkil etadi.

Sentyabr oyining birinchi besh kunligida Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan yana issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Respublikaning barcha hududida kuchsiz, baʼzi joylarda biroz shamollar bilan asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Harorat yana koʻtarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kunlari termometr ustuni +36…+39 darajagacha koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер