Hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

20:34 25 Oktyabr 2025 Jamiyat
327 0

Foto: Sardorbek Poyonov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 27–30-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 27–28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 29–30-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 27-oktyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat: 27-oktyabrda kechasi 6–11 daraja, kunduzi 19–24 daraja; 28-oktyabrda kechasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja; 29–30-oktyabrda kechasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 27–28-oktyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 27–28-oktyabrda 8–13 daraja, 29-oktyabrda 6–11 daraja, 30-oktyabrda 4–9 daraja; kunduzi 27 va 29–30-oktyabrda 23–28 daraja, 28-oktyabrda 21–26 daraja boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzaxSamarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 8–13 daraja, kunduzi 27 va 29–30-oktyabrda 21–26 daraja, 28-oktyabrda 18–23 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 28-oktyabrda baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 27–28-oktyabrda 10–15 daraja, 29–30-oktyabrda 8–13 daraja; kunduzi 27-oktyabrda 24–29 daraja, 28-oktyabrda 21–26 daraja, 29–30-oktyabrda 23–28 daraja boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat: 27–28-oktyabrda kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja; 29–30-oktyabrda kechasi 6–11 daraja, kunduzi 18–23 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 28-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda esa qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat: kechasi 27–28-oktyabrda 5–10 daraja, 29–30-oktyabrda 3–8 daraja; kunduzi 27 va 30-oktyabrda 15–20 daraja, 28–29-oktyabrda 13–18 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?