Gʻurur va iftixor timsoli

15:06 09 Aprel 2025 Jamiyat
98 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi Amir Temur maqbarasida Qurʼon tilovat qilindi. Unda viloyat va shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shundan soʻng hokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari, Markaziy Harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va talabalar Sohibqiron bobomiz haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, uning ulugʻvor siymosiga hurmat bajo keltirishdi.

Oradan necha asr oʻtsa hamki, Amir Temur nomi, siymosi xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli boʻlishda, madaniy-maʼrifiy ildizlarimizni chuqur anglashda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bagʻishlab turibdi. Har bir qadamimizda ul buyuk zot ruhi bizga hamroh-u hamnafas boʻlmoqda. Ayni paytda Amir Temurning tavallud sanasi, uning faoliyatiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taʼlim muassasalari, teatr va muzeylar, madaniyat maskanlarida koʻtarinki ruhda davom etmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер