Guruhda soʻnggi oʻrinni egallagan Oʻzbekiston futbol jamoasining turnirdagi statistikasi qanday boʻldi?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda. Afsuski, oʻzining tarixiy yurishida U-23 jamoasi “C” guruhida soʻnggi oʻrinni egalladi.
Jamoa “C” guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan respublikasi bilan bir guruhdan joy olgan edi.
U-23 Ispaniyaga 1:2, Misrga esa 0:1 hisobida yutqazdi, amerika vakillari bilan esa durangga imzo chekdi.
Oʻzbekistonlik futbolchilar turnirda 2 ta gol urdi. Ularning biriga Italiyaning “Roma” klubi aʼzosi Eldor Shomurodov, yana biriga esa Alisher Odilov mualliflik qildi. Shuningdek, bitta golli uzatma jamoa sardori Eldor Shomurodov hisobiga yozilgan.
Darvozamizni qoʻriqlagan Abdulvohid Neʼmatov 2 ta, Vladimir Nazarov esa bitta toʻpni oʻtkazib yubordi. Jasur Jaloliddinov, Abdurauf Boʻriyev, Diyor Xolmatov, Umarali Rahmonaliyev va Abdulqodir Husanov turnir davomida sariq kartochkaga loyiq topildi.
Musobaqa davomida 2 ta golimiz ofsayd sababli VAR yordamida bekor qilingan boʻlsa, aynan VAR yordamida darvozamiz tomon 2 ta penalti belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring