Gruziya bilan hamkorlikda transport xizmatlari rivojlantiriladi
Joriy yilning 12-14-iyul kunlari Transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Gruziyaning Batumi shahriga tashrif buyurdi. Ishchi tashrifning birinchi kunida delegatsiya Gruziya dengiz transporti agentligi direktori A.Ahvlediani bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalasida uchrashuv oʻtkazdi.
Tashrifning ikkinchi kuni Transport vazirligi vakillari Poti, Batumi, Anakliya, Poti erkin iqtisodiy zonasi hamda Sarpi chegara nazorat oʻtkazish punkti faoliyati bilan tanishishdi. 14-iyul kuni esa delegatsiya vakillari Kutaisi xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, Gruziya iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirining oʻrinbosari G. Guramishvili bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston eksport-import yuklari tashuvlarini amalga oshirishda Gruziyaning Poti va Batumi portlari mavjud infratuzilmasidan samarali foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston biznesi vakillari tomonidan Gruziya portlari hududida port terminallarini qurish boʻyicha bildirilgan takliflar muhokama etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring