Gretsiya Yevroparlament vitse-prezidentining aktivlarini muzlatib qoʻydi
Foto: Reuters
Gretsiya Yevroparlament vitse-prezidenti Yeva Kaylining korrupsiya ayblovlari ortidan aktivlari muzlatilganini eʼlon qildi. Bu haqda Fransiyaning “AFP” agentligi xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Kaylining qarindoshlarini mol-mulki ham hibsga olinadi.
“Bu hisoblar, seyflar, kompaniyalar va boshqa moliyaviy aktivlarga taalluqlidir”, deydi Gretsiyaning pul yuvishga qarshi kurash boʻlimi rahbari Charalampos Vurliotis.
Avvalroq, Kayli 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati bilan bogʻliq korrupsiya ishi boʻyicha qoʻlga olingani haqida xabar berilgan edi. Belgiya politsiyasi Kaylining uyiga tintuv uyushtirdi. Manbaga koʻra, u avval hibsga olinganlardan birining sherigi.
Belgiya prokuraturasi yirik operatsiyasi oʻtkazgani, uning davomida toʻrt kishi hibsga olingani, ular orasida sobiq Yevroparlament deputati Per-Antonio Panzeri va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi prezidenti Luka Visentini ham borligini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring