“Grand Swiss 2025” xalqaro turniri gʻoliblari taqdirlandi

Samarqandda shaxmat boʻyicha umumiy mukofot jamgʻarmasi 855 ming AQSH dollari boʻlgan nufuzli musobaqa yakuniga yetdi. Mazkur turnirda 39 ta mamlakatdan jahon reytingida yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 172 nafar grossmeyster ishtirok etdi.
Tantanali yopilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich hamda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, musobaqa dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari uchun muhim maydonga aylanib, salmoqli sovrinlarni qoʻlga kiritish va 2026-yilgi daʼvogarlar turniriga yoʻllanma olish imkoniyatini berganini eʼtirof etgan holda barcha gʻolib va sovrindorlarni tabrikladi.
Shundan soʻng turnir gʻoliblari va barcha sovrindorlar taqdirlandi.
Dunyo reytingining TOP-100 taligiga kirgan kuchli shaxmatchilar orasidan toʻrt nafar talabgor — erkaklardan niderlandiyalik Anish Giri va germaniyalik Matthias Bluyebaum, ayollar orasida esa hindistonlik Rameshbabu Vaishali va FIDE bayrogʻi ostida ishtirok etgan Kateryna Lagno yuqori oʻrinlarni egalladi va jahon shaxmat tojiga boʻladigan “Talabgorlar turniri”ga saralab olindi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring