Gʻolib talabalarning kontrakt pullari qisman toʻlab berildi
Kuni kecha Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” fondi tomonidan amalga oshirilayotgan “Avlod Grant” loyihasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur loyiha mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning kontrakt toʻlovlarini qisman qoplashga qaratilgan boʻlib, unda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etdi.
Tanlovning final bosqichida respublikaning turli hududlaridan saralab olingan 40 nafar talaba qatnashdi. Sinovlar “Kahoot” platformasi orqali onlayn intellektual oʻyin shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar oʻz bilimlari, tezkor fikrlashi va faolligini namoyon etishdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 5 nafar ishtirokchi gʻolib deb topilib, taʼlim kontrakti qiymatining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda grant ajratilishini tasdiqlovchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Loyiha doirasida ajratilgan grant mablagʻlarining miqdori 30 million soʻmdan ortiqni tashkil etadi va ular faqat taʼlim toʻlovlari uchun yoʻnaltirilib, bevosita tegishli oliy taʼlim muassasalari hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Taʼkidlash joizki, ushbu loyiha fond tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli tashabbuslarning bir qismidir. Soʻnggi paytlarda tashkilot tomonidan turli taʼlimiy festival va sport musobaqalari ham oʻtkazilib, faol va iqtidorli navqiron avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Rahmatjon BOBOJONOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring