Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Illyustrativ foto
Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.
Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan mahalliy modellarga asoslangan.
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universitetidan doktor Timoti Nilning taʼkidlashicha, anʼanaviy tahlil usullari alohida mintaqalarga eʼtibor qaratib, turli mamlakatlarda bir vaqtning oʻzida yuzaga keladigan iqlim tahdidlari bilan bogʻliq jiddiyroq muammolarni nazardan chetda qoldiradi. Global koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqib, uning jamoasi ancha salmoqli iqtisodiy yoʻqotishlarni aniqladi.
Jahon iqtisodiyoti oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlib, bir mamlakatda yuzaga kelgan muammolar tezda boshqa mamlakatlarga tarqalishi ehtimoldan xoli emas. Ekstremal ob-havo sharoitlari taʼminot zanjirlarini buzishi va ishlab chiqarishni kamaytirishi mumkin. Bu butun dunyoda tovarlar taqchilligi va narxlarning oshishiga olib keladi.
Yangi maʼlumotlar moʻljaldagi harorat sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan 1,7 °C yuqori darajada belgilanishi kerakligini, bu esa dekarbonizatsiya (karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish)ning yanada tezkor yoʻllarini talab etishini taxmin qilish imkonini beradi. Zararni baholash yondashuvini qayta koʻrib chiqish chiqindilarni tezroq kamaytirish va uglerod narxini yuqoriroq oshirish uchun moliyaviy ragʻbat yaratishi mumkin, bu iqlim siyosatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring