Germaniya vakili vashingtonliklar bilan nimalarni gaplashdi?
Germaniya TIV rahbari Yoxann Vadeful Vashingtonga tashrifi chogʻida AQSHdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga bojlarni bekor qilishni talab qildi. Bu haqda “Bild” nashri xabar qildi.
Vazir Vashingtonga amaliy tashrif bilan borib, AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvning asosiy mavzusi prezident Donald Tramp 9-iyuldan boshlab joriy etishni rejalashtirayotgan Yevropa tovarlariga 50 foizlik bojlar haqida boʻldi. Vadeful bu choralardan voz kechishni talab qilgan.
“Biz yangi tarif toʻsiqlarini xohlamaymiz, barqaror hamkorlik va ishonch koʻpriklarini qurishga intilamiz. Bu Atlantika okeanining har ikki tomonida farovonlikni saqlash va iqtisodiy xavfsizligimizni mustahkamlashning yagona yoʻli”, — dedi u.
Shuningdek, kun tartibida Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar mavjud edi. Germaniya TIV rahbari Yevropa Moskvaga bosimni kuchaytirishini taʼkidladi.
“Germaniya zudlik bilan sulhga va mustahkam tinchlikka erishmoqchi. Buning uchun esa Rossiyaga bosim oʻtkazishda davom etish kerak”, dedi u.
Bundan tashqari, Vadeful Germaniya Isroilning xavfsizligi va mavjudligini himoya qilishini, biroq xalqaro huquqqa sodiqligi hamda Gʻazo sektoridagi odamlarning ayanchli taqdiriga befarq emasligini eslatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring