Gematologiya, onkologiya va immunologiya markazlaridagi bemor bolalarga qarayotganlarga bepul ovqat beriladi

05:33 27 Aprel 2022 Jamiyat
635 0

Foto: Illustrativ foto

“2022–2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–216-son, 25.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil etiladi:

— Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;

— 46 ta tumanlararo yangi perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi boʻlimi;

— 2022-yil 1-maydan tuman (shahar) markaziy poliklinikalari, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar boʻlimi;

— tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlari hamda kechayu kunduz ishlovchi pediatriya postlari;

— Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qoʻyish boʻyicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalari.

Shuningdek, Respublika va hududiy perinatal markazlar va bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022–2023-yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlash uchun audioskrining tadbirlari bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va barcha tugʻruq komplekslarida tatbiq etiladi.

Bolalar hamda homilador va tugʻish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan toʻliq qamrab olish uchun 2022-yil 1-iyuldan “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qoʻshimcha 3 600 ta, 2023-yil 1-yanvardan yana qoʻshimcha 4 900 ta oʻrta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratiladi.

2022-yil 1-maydan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?