«Gʻazodan qoʻlingni ol!» Koʻplab mamlakatlarda Falastinni qoʻllash maqsadida Isroilga qarshilar namoyishlar oʻtkazilmoqda (Fotojamlanma)

Foto: AFP
Isroil kuchlarining Rafahdagi soʻnggi hujumlari ortidan butun dunyo boʻylab norozilik namoyishlari qaytadan avj oldirdi.
Jumladan, Buyuk Britaniyaning London shahrida politsiyachilar 40 nafar namoyish chiqqan fuqaroni hibsga olgan. Ular jamoat tartibini buzish, yoʻllarni toʻsib qoʻyish va favqulodda vaziyatlar xodimlariga hujum qilishda ayblangan.
Huquq-tartibot idoralari namoyishlarga ruxsat bergan ammo 10 mingdan ortiq ishtirok etgan namoyishchilar belgilangan vaqtdan keyin ham aksiyani davom ettirgan. Falastin qoʻllab-quvvatlovchilari «Gʻazodan qoʻlingni ol!» yozuvlari bilan oʻz noroziliklarini bildirgan.

Shuningdek, «AFP» axborot agentligining xabar berishicha, Isroil bosqiniga qarshi namoyishchilar Meksika poytaxtidagi Isroil elchixonasi oldida toʻplanishgan va politsiya bilan toʻqnashgan. Xabarga koʻra, kuch ishlatar tizimi namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Elchixona oldidagi noroziliklarda 200 kishi qatnashgan.

Xalqaro sud Meksika Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi genotsid ishiga aralashish uchun xalqaro tribunalga ariza topshirganini bildirdi. Kolumbiya, Nikaragua va Liviya ham Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi ishini qoʻllab-quvvatlash uchun Xalqaro sudga aralashishni soʻradi. Shuningdek, Belgiya, Misr, Irlandiya, Maldiv orollari va Turkiya ham bu ishga qoʻshilish niyatini bildirgan.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Gʻazodagi urushga nisbatan jimlik saqlagani uchun Gʻarb yetakchilarini Isroilning «varvarligi»ga sheriklikda ayblab, AQSHning qoʻllari «qonga boʻyalgan» deb taʼkidladi.
«Agar BMT XXI asrda genotsidni toʻxtata olmasa, bu tashkilotdan nima foyda? Gʻazoda Birlashgan Millatlar Tashkilotining ruhi oʻlgan», — dedi Erdogʻan.
Falastin tarafdorlari Gʻazodagi urushga qarshi kampaniya oʻtkazish uchun Italiyaning Bolonya shahridagi temir yoʻl vokzalini egallab olgan. Isroil urushiga qarshilar Falastin bayroqlarini hilpiratayotganini koʻrish mumkin.
AQSHning Kaliforniya shtatidagi bir qancha universitetlarda ishlovchi talaba oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va laborantlar ish tashlashmoqda. Ularning aytishicha, mehnat shartnomalari maʼmuriyat tomonidan buzilgan. Shuningdek, oy boshida kampuslarda boshlangan talabalarning namoyishi politsiyachilar tomonidan bostirilganini aytgan.
Oʻman Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi ham Isroilning Rafahga soʻnggi hujumlarini qoraladi. Vazirlik Falastin xalqiga qarshi davomli urush jinoyatlari va genotsidni toʻxtatish uchun zudlik bilan chora koʻrishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring