Gʻazodagi yana bir shifoxona Isroil kuchlari nishoniga aylandi

13:07 29 Sentyabr 2025 Dunyo
160 0

Illyustrativ foto

Isroil harbiylari Gʻazo shahrini egallash rejasi doirasida hujumlarni kuchaytirib, hududdagi shifoxonalar hamda koʻp qavatli binolarni bombardimon qilmoqda. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, kecha, 28-sentyabr kuni Gʻazodagi eng yirik tibbiyot muassasalaridan biri, “Al Shifa” shifoxonasi Isroil harbiylari nishoniga aylangan. Koʻplab bemorlar shoshilinch yordamga muhtoj boʻlishiga qaramay qochishga majbur boʻlgan.

“Shifoxona xodimlari Isroil hujumi sodir etilgan vaqtda ham qoʻrquvga tushmay, ishlashda davom etdi. Ayni vaqtda tibbiyot muassasamizda kamida 100 nafar bemor ogʻir ahvolda. Ularning hayotini saqlab qoladigan dori-darmonlar va tibbiy asbob-uskunalar taqchilligi kuzatilmoqda”, — deydi shifoxona rahbari Hasan al-Shair.

Falastin inson huquqlari markazi tadqiqotchilarining bildirishicha, Isroil kuchlari hujum sodir etilishidan avval portlovchi moddalar oʻrnatilgan mashinalarni shifoxona atrofiga joylashtirgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroil askarlarining Gʻazo shahriga qilgan hujumi natijasida kamida 50 ta koʻp qavatli uy vayron boʻlgan. Shuningdek, bir vaqtlar minglab odamlar istiqomat qilgan hududlar ayni vaqtda yashashga yaroqsiz holga keltirilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp “Reuters” axborot agentligiga bergan intervyusida Isroil bosh vaziri bilan dushanba kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvda Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasi taklifini yakunlashga umid qilayotganini bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер