Gʻazoda sovuq tufayli 15 nafar bola vafot etdi
Gʻazo sektorida gipotermiya va unga bogʻliq asoratlar tufayli kamida 15 nafar bola hayotdan koʻz yumdi, deb xabar bermoqda “BBC”.
Taʼkidlanishicha, vaqtinchalik boshpana, yonilgʻi hamda boshqa tabiiy ehtiyojlar uchun kerak boʻladigan mahsulotlarning yoʻqligi va mintaqadagi keskin sovuq yuzlab falastinlik oilalar hayotini xavf ostida qoldirmoqda. Ota-onalarning farzandlarini isitish uchun qilgan harakatlariga qaramay, kamida 15 nafar yangi tugʻilgan chaqaloqlar va goʻdaklar kuchli sovuq tufayli vafot etgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Gʻazo sektorida asosiy vositalar hisoblangan koʻrpa-toʻshak va issiqlik taʼminotiga katta ehtiyoj mavjud. Mintaqaga kirib kelayotgan insonparvarlik yordamlari esa oʻt ochishni toʻxtatish rejimiga qaramasdan, Isroil hukumati tomonidan cheklanmoqda.
“Hududdagi minglab qochqinlar boshpanalarini isitish imkoniyatiga ega emas. Bu holat, avvalo, bolalarda koʻplab gipotermiya hamda boshqa turdagi kasalliklarni keltirib chiqarmoqda”, — deydi sektorda faoliyat yuritayotgan shifokorlardan biri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring