Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish Falastinning HAMAS radikal harakati kuchlarining qayta toʻplanishiga olib keladi — AQSH Davlat kotibi
Foto: Reuters
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishning oqibatlari haqida fikr bildirdi.
Misr va Iordaniyadan kelgan hamkasblari bilan Ammanda oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida Blinken Gʻazoda harbiy harakatlarni toʻxtatib qoʻyish ehtimoli haqida fikr bildirdi. AQSH Davlat kotibining soʻzlariga koʻra, oʻt ochishni toʻxtatish faqat Falastinning HAMAS radikal harakati kuchlarining qayta toʻplanishiga olib keladi.
Blinkenning taʼkidlashicha, jangovar harakatlardagi tanaffus jangari tashkilotga qayta toʻplanish va “7-oktabrda qilgan ishni qilish” imkonini beradi. Shu bilan birga, baʼzi Amerika ittifoqchilari oʻt ochishni toʻxtatish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Bungacha AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni tinch aholini xavfli hududlardan olib chiqish uchun gumanitar sulh tashkil etishga undagandi. Isroil hukumati rahbari esa bu taklifni rad etdi va “Biz gʻalaba qozonmagunimizcha toʻxtamaymiz”, dedi.
HAMAS yetakchilaridan biri Usama Hamdan esa Gʻazo sektoridagi ommaviy qotilliklar uchun AQSH va shaxsan prezident Jo Baydenni aybladi.
Shu oʻrinda Hamdan Falastin xalqiga qarshi tajovuzni toʻxtatish uchun Vashingtonga bosim oʻtkazishga chaqirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Isroil jami 105 ta tibbiyot muassasasiga hujum qilgan va beshta kasalxonani ishdan chiqargan. Shu sababli mahalliy klinikalar koʻp sonli yaradorlarga dosh bera olmayapti.
Oldinroq, Hamdan arab va musulmon davlatlarining Gʻazo sektoridagi vaziyat boʻyicha rasmiy pozitsiyalarini zaif, degandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring