Erondagi namoyishlarda Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanmagan — TIV
Oʻtgan yilning 28-dekabridan beri Eronda ogʻir iqtisodiy vaziyat va milliy valyuta kursining keskin pasayishi sababli boshlanib, keyinchalik siyosiy tus olgan keskin norozilik namoyishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu mamlakatda boʻlib turgan vatandoshlarni ogohlikka chaqirdi.
Oʻzbekistonning Erondagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar namoyishlar davomida jabrlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari qayd etilmagan.
TIV matbuot xizmatining yozishicha, vazirlik Erondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shu munosabat bilan, Eronda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan miting va namoyishlarda ishtirok etmaslik, odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroq boʻlish hamda shaxsiy xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya etish soʻraldi.
Qayd etilishicha, zarur hollarda Oʻzbekistonning Tehron shahridagi Elchixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:
+982122299780
+982122832025
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring