Gandbolchi yigitlarimiz Janubi-Sharqiy Osiyo chempionatida gʻalaba qozonishdi
Singapur poytaxtida gandbol boʻyicha erkaklar oʻrtasida Janubi-Sharqiy Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda mintaqa vakillari bilan bir qatorda taklifnoma asosida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, hamyurtlarimiz barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritishdi.
Terma jamoamiz aylana tizimda oʻtgan chempionatda dastlab mezbonlarni (17:12), shundan soʻng Vetnam (35:27), Malayziya (31:17), Yaponiya (36:30), Tailand (25:14), Xitoy Taipeyi (34:29) va yakunda Gonkong termasini (36:28) magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.
Yurtdoshlarimizdan soʻng eng koʻp ochko jamgʻargan Singapur kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa, kuchli uchlikni Malayziya va Gonkong jamoalari yakunlab berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring