“G‘alaba bog‘i”da ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

17:58 05 May 2023 Siyosat
1445 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

5-may kuni “Shon-sharaf” davlat muzeyida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini va front ortida fidokorona mehnat qilganlarni e’zozlash – O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston Yozvchilar uyushmasi xodimlari, tarixchi olimlar va ijodkorlar hamda harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etdi. Mazkur seminar ishtirokchilarining “Matonat madhiyasi” monumentiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng seminarga taklif qilingan mehmonlar tomonidan mavzu yo‘nalishida, shuningdek, “Vatan o‘z fidoyi farzandlarini unutmaydi”, “Jasorat va matonat shahodatnomasi”, “Ikkinchi jahon urushi mavzusini milliy adabiyotimizda aks ettirilishi”, “O‘zbekistonliklarning Ikkinchi jahon urushiga qo‘shgan hissasi va “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi hamda uning ahamiyati” kabi mavzularda ma’lumotlar berildi.

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер