“Gʻayrioddiy parvoz”: Texnik nosozlik sabab 9 oy Yer orbitasida qolib ketgan astronavtlar uyga qaytmoqda (+video)
Kosmik stansiyada bor-yoʻgʻi bir hafta qolishni rejalashtirgan Suni Uilyams va Butch Uilmor kosmik apparatdagi nosozlik sabab uzoq vaqtga koinotda qolib ketishgandi. Nihoyat ular Yerga qaytishmoqda, deb xabar bermoqda “NBC News” nashri.
Astronavtlar Uilyams va Uilmor 2024-yilning iyun oyida “Boeing Starliner” kapsulasining birinchi ekipajli sinov parvozini amalga oshirgan. Ammo ushbu kapsula xalqaro kosmik stansiya bilan tutashishda texnik muammolarga uchragan. Natijada NASA ular uchgan apparatni hech kimsasiz Yerga qaytarishga majbur boʻlgan.
Nihoyat, 17-mart kuni, 9 oydan beri koinotda boʻlib tugan Uilyams va Uilmor yerga qaytish uchun Xalqaro kosmik stansiyani tark etishgan. Ular bilan birga stansiyadagi olti oylik missiyasini yakunlagan NASA astronavti Nik Xeyg va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunov ham Yerga qaytadi.
“Astronavtlar 17-mart kuni stansiya bilan xayrlashib, 18-mart oqshomida, taxminan 18:00 lar atrofida Florida sohiliga qoʻnishlari kerak”, — deyiladi NASA bayonotida.
Suni Uilyams va Butch Uilmor kosmik stansiyada uzoq muddat qolib ketishganiga qaramay, bu jarayon ularda yaxshi taassurot qoldirgani hamda Yer orbitasida uzoq vaqt yashash va ishlashdan zavqlanishganini taʼkidlashgan.
“Har kunimiz qiziqarli oʻtadi. Chunki biz kosmosdamiz va bu juda ajoyib. Ammo qaytishimizning aniq sanasi maʼlum emasligi, oila aʼzolarimizdan uzoqdaligimiz biroz yoqimsiz holat edi”, — degan Suni Uilyams.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring