Furqat tumanga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim Prezident tomonidan tanqid qilingan edi
Xalq deputatlari Furqat tuman Kengashining sessiyasida Jumanov Jaxongir Sabitaliyevich Fargʻona viloyatining Furqat tumaniga hokim etib tayinlandi. Sessiyada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, tegishli boʻlim va boshqarmalar boshliqlari, xalq deputatlari Furqat tuman Kengashi deputatlari, tuman faollari qatnashdi.
Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov maʼruza qildi. Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Deputatlar tomonidan Furqat tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan Jahongir Sabitaliyevich Jumanov nomzodi bir ovozdan maʼqullandi.
Jumanov Jaxongir Sabitaliyevich 1982-yil 30-iyulda Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanida tugʻilgan. U hozirgi kunga qadar Fargʻona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyat mudiri vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumki, yaqinda Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda yoshlar masalasi bilan bogʻliq yoʻnalishdagi faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun Furqat tumani hokimi Dilmurod Soliyev vazifasidan ozod etilgan edi.
Botir OMON,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Oston Oʻrunov Eron chempionatidagi eng qimmat futbolchiga aylandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring