Fuqaro alimentdan 8-yillik qarzi uchun 10 ming dollar toʻladi
Foto: MIB / Andijon
Andijonda fuqaro alimentdan 8-yillik qarzi uchun 10 ming dollar toʻlab bkrdi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining 2016-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor I.M.dan undiruvchi D.M. foydasiga qaramogʻidagi voyaga yetmagan uch nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oy topgan daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish koʻrsatilgan.
Biroq, qarzdor farzandlari taʼminotiga befarqlik bilan aliment pullarini toʻlamay kelgan. Shu sababli, joriy yilning yanvar oyida jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi tomonidan qarzdor I.M. maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdor aliment toʻlovlaridan boʻyin tovlash kelgusida jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi yuzasidan ogohlantirilgan.
Shundan soʻng, qarzdor I.M. farzandlari taʼminoti uchun 10 ming AQSH dollari koʻrinishida aliment pullarini oldindan toʻlab berishini bildirgan.
“Taraflar kelishuviga binoan qarzdor I.M. 10 ming dollar miqdoridagi aliment pullarini undiruvchi D.M.ga topshirdi va shu bilan ijro ishi tamomlandi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring