“Frontda oʻzgarish bor”: Rossiya keng front boʻylab oldinga siljimoqda
Rossiya qoʻshinlari Ukraina front chizigʻining keng qismida asta-sekin oldinga siljishda davom etmoqda. Xabar qilinishicha, bu Ukraina askarlari yetishmasligi sababli sodir boʻlgan. Front chizigʻidagi soʻnggi vaziyatni aks ettiruvchi xaritalarda Rossiyaning harbiy yutuqlari koʻrsatilgan. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Urushni oʻrganish instituti Donesk viloyatidagi Pokrovsk shahri yaqinida Rossiya kuchlari janub va janubi-sharqqa qarab ilgarilaganini qayd etdi. Selidovo shahri yaqinidagi gʻarbiy hududlar Rossiya tomonidan oktyabr oyida egallangan.
Toresk shahri yaqinida ham Rossiya kuchlari ilgarilashga erishdi, ammo Ukraina baʼzi hujumlarning muvaffaqiyatsiz boʻlganini bildirdi. Urushni oʻrganish institutining taqdim etayotgan xaritalari shuningdek, Shaxtyorsk va Maksimovka shaharlari Rossiya tomonidan egallanganini koʻrsatmoqda. Ukraina ham Toresk shimolida ayrim hududlarda ilgarilagan.

Kupyansk va Kremennaya yoʻnalishlarida Rossiya kuchlari odimlagan, ammo Ukraina kuchlari Liman tomonida Rossiya hujumini qaytarishga muvaffaq boʻldi. Urushni oʻrganish instituti xaritalari Rossiyaning Novosyolovskoye gʻarbida ham yutuqlarini koʻrsatyapti. Boshqa hududlarda esa, Xarkov viloyatining shimolida kichik piyoda otryadlari bilan hujumlar uyushtirilgan.
Ukraina armiyasi askar yetishmasligi va tizimli muammolar tufayli ayrim himoya chizigʻida chekinishga majbur boʻlmoqda. Ukraina armiyasining resurslarini qayta toʻldirish uchun harakatlar qilinyapti. Aprel oyida Ukraina mobilizatsiya qonunlarini oʻzgartirib, 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklarni elektron bazaga kiritish talabini kiritgandi.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring