Fransiya kompaniyasi Shohimardonda oilaviy turizm uchun investitsiya kiritadi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fransiyaning “Montagne et Neige Développement” kompaniyasi Shohimardonda arqon yoʻl va osma koʻpriklarni oʻz ichiga olgan ommaviy turizm maskani barpo etish boʻyicha amaliy ishga kirishdi. Shu munosabat bilan Fargʻona viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda loyiha konsepsiyasi taqdim etildi.
Aytish joiz, joriy yilning 6-iyun kuni oʻtkazilgan muloqotda ushbu loyihani hayotga tatbiq etish istiqbollari muhokama qilingan va uning konsepsiyasini ishlab chiqishga kelishilgan edi.
— Bu loyihada arqon yoʻli, qiya koʻtargich, osma koʻprik, zamonaviy attraksionlar va boshqa turizm infratuzilma obyektlari mujassamlashtirilgan, — deydi kompaniyaning hududiy direktori Orxan Shirin. — Loyihani amalga oshirishda kompaniya tabiat bilan uygʻunlikni taʼminlash hamda oilaviy turizmni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratgan. Ayni jihatlarni inobatga olib, loyiha konsepsiyasi mahalliy hamkorlarimiz tavsiyalari asosida ishlab chiqildi.
Uchrashuvda loyihani moliyalashtirish uchun Fransiya taraqqiyot banki hamda Yevropa banklari bilan muzokaralar olib borishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring