Foto: Qoʻqon hokimi velomarafonda marraga birinchi boʻlib yetib keldi

21:32 09 Iyun 2021 Jamiyat
1143 0

Qoʻqon universitetida boʻlib oʻtayotgan “TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoni doirasida oʻtkazilgan velopoygada 200 ga yaqin ishtirokchilar qatorida Qoʻqon shahar hokimi, universitet rektori va sektor rahbarlari ham 8500 metrlik masofani bosib oʻtdi. Bu haqda Qoʻqon shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

«Qoʻqon shahrining markaziy koʻchalarini kezib oʻtgan velosipedlar kolonnasi, ishtirokchilarni olqishlab turgan turli yoshdagi aholini ham oʻziga jalb etdi.

Sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya va sportni keng targʻib qilish bilan bir qatorda, velomarafon “TechnoWays“ ishtirokchilarini Qoʻqon shahri bilan yaqindan tanishtirish, oʻzaro birodarlik rishtalarini bogʻlashdek ezgu maqsadlarga xizmat qildi.

Velopoyga muxlislari olqishlari ostida finish chizigʻini birinchi boʻlib, Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Usmonov kesib oʻtdi. Shahar hokimi barcha ishtirokchilarga faollik uchun minnatdorchilik izhor etib, esdalik uchun birgalikda surʼatga tushdi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?