Foto: “Oʻzarxiv” saqlovxonasidagi barcha Konstitutsiya nashrlarini eʼlon qildi
Oʻzbekiston Milliy arxivi bosma nashrlar saqlovxonasidagi mavjud Konstitutsiya nashrlarini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston SSR birinchi Konstitutsiyasi 1927-yil 30/31-martda Sovetlarning 2-Umumoʻzbekiston syezdida qabul qilingan, 1927-yil 11-iyulda nashr etilgan va 10 yil davomida amal qilgan.
1937-yil 14-fevralda qabul qilingan Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi 40 yildan ortiq vaqt davomida amal qilgan. Ushbu Konstitutsiya 13 ta bob va 146 ta moddadan iborat boʻlgan.
1978-yil 19-aprelda SSSRning 1977-yildagi Konstitutsiyasi modeli asosida tuzilgan Oʻzbekiston SSRning soʻnggi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ushbu Konstitutsiya 11 ta bob va 183 ta moddadan iborat boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu Konstitutsiya 6 ta boʻlim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat boʻlgan.
Konstitutsiyaviy komissiya qariyb 2,5 yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. 1991-yil 12-aprelda boʻlib oʻtgan Konstitutsiyaviy komissiya yigʻilishida 32 kishidan iborat ishchi guruh - yetakchi mutaxassislar va olimlar tuzildi. Konstitutsiyaning boʻlimlarini tayyorlash uchun 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tashkil etildi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston davlat mustaqilligining eʼlon qilinishi va ushbu qonunga konstitutsiyaviy maqom berilib, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida” gi qonunning qabul qilinishi Konstitutsiyaviy komissiyaning masʼuliyatini yana-da kuchaytirdi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 31-mayda qabul qilingan Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga oʻzgartishlar kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga oʻzgartishlar kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring