“Flynas” aviakompaniyasi Toshkentga ilk parvozini amalga oshirdi

15:16 05 Avgust 2021 Jamiyat
1550 0

Bugun, 5-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12.30da, XY-359 reysi orqali) Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan “Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi.

A320NEO samolyoti Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻndi. Hammasi boʻlib, bortda 18 yoʻlovchi boʻlgan, ular orasida RUH va Flynas Management vakillari bor. Flynas kompaniyasining birinchi reysini Turizm va sport vazirligi hamda Transport vazirligi xodimlari va OAV vakillari kutib olishdi.

Maʼlumot uchun: “Flynas” (ilgari Nas Air) 2007-yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan. Ushbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 17ta mahalliy va 53ta xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyotlar parkiga ega.

“Flynas” parvozlari muntazamligini hisobga olib, sayyohlar oqimini koʻpaytiriladi, Oʻzbekistonning yirik turistik kompaniya va agentliklari vakillarini Saudiya Arabistoniga yuboriladi.

Bundan tashqari, u yerda Oʻzbekiston turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер