Fizika boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari aniq boʻldi. Ular qancha mukofot oladi?
Neyron tarmoqlarni oʻrgangan amerikalik Jon Jozef Xopfild va britaniyalik Jeffri Xinton fizika boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari boʻldi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi.
Fizika boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti Prinston universitetidan Jon Xopfild va Toronto universitetidan Jefri Xintonga berildi. Aytish mumkinki, ushbu ikki olim mukofotni zamonaviy sunʼiy intellektning asosi boʻlgan neyron tarmoqlardagi tadqiqotlari uchun qoʻlga kiritishdi.
Qayd etish kerakki, Nobel sovrindorlarining izlanishlari “Machine Learning” sohasini sezilarli darajada rivojlantirdi. Xususan, bu kashfiyotlar sunʼiy idroklarning maʼlumotlarni qayta ishlash va mustaqil axborotlardan oʻrganish imkonini berdi.
Gʻoliblar 11 million shved kroni, taxminan 1 million 60 ming AQSH dollariga yaqin mukofotni boʻlishishadi. Nobel qoʻmitasi ularning ovozli yordamchilardan tortib oʻzini oʻzi boshqaradigan avtomobillargacha boʻlgan hamma narsada qoʻllaniladigan bugungi sunʼiy intellekt tizimlariga poydevor qoʻyish borasidagi ishlarini yuqori baholadi.
Jon Xopfild 1980-yillarda axborotni inson miyasi kabi tahlil qila olishi mumkin boʻlgan neyron tarmoqning dastlabki shakli boʻlgan “Xopfild tarmogʻi” ni ishlab chiqqandi. Ushbu model murakkab muammolarni hal qilish uchun neyronlarni tarmoqlarga qanday ulash mumkinligi haqidagi konsepsiyani taqdim etgandi.
“Chuqur oʻrganishning choʻqintirgan otasi” (godfather of deep learning) deb nom olgan Jefri Xinton sunʼiy idroklarga katta hajmdagi maʼlumotlarni tushunishga yordam beradigan texnikani ishlab chiqish orqali neyron tarmoqlarda sezilarli yutuqlarga erishgan.
Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring