Firibgarlar italiyalik yirik tadbirkorlarni sunʼiy intellekt yordamida chuv tushirdi
Italiyada firibgarlar sunʼiy intellekt yordamida oʻzlarini mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa amaldorlar sifatida tanishtirib, italiyalik yirik tadbirkorlarni chet el hisob raqamiga pul oʻtkazishga koʻndirdi, deb xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.
Maʼlum boʻlishicha, firibgarlar Italiya fuqarolarini Eron va Suriyadagi qamoqxonalardan ozod qilish uchun pul toʻlashni soʻragan. Tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan amaldorlarning ovozini farqlay olmagan hamda firibgarlar bergan hisob raqamga aytilgan pulni oʻtkazib yuborgan.
Ushbu firibgarlik holatini Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto ham tasdiqladi.
“Shaxsi nomaʼlum boʻlgan bir mashhur tadbirkor men bilan bogʻlanmoqchi ekanligini aytdi. Men esa oʻz telefon raqamimni qoldirdim. U qoʻngʻiroq qildi va qandaydir «general” unga telefon qilganini, shundan soʻng u katta miqdorda pulni “general” koʻrsatgan chet el hisob raqamiga oʻtkazganini aytdi», — deydi vazir Krozetto.
“Jabrlanuvchilar orasida Prada prezidenti Patritsio Bertelli, modelyer Jorjio Armani, Pirelli & C. SpA ijroiya vitse-prezidenti Marko Tronketti Provera va Milanning «Inter” klubi sobiq egasi milliarder Massimo Moratti ham boʻlgan», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring