Filippinlik sobiq senator WBC yarim-yengil vazn toifasi chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi

Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao 19-iyul kuni Las-Vegasda Mario Barriosga qarshi jang oʻtkazadi. ESPN xabariga koʻra, bu bahsda WBC yarimengil vazn toifasi chempionlik kamari oʻynaladi. Bu Pakyaoning deyarli toʻrt yillik tanaffusdan keyingi ilk professional jangidir.
VBK prezidenti Maurisio Sulayman 2-may kuni ayni rejani tasdiqlab: “Bu katta jang boʻladi, hozirda Mario Barrios Menni Pakyaoga qarshi maydonga chiqadi”, deya bayonot bergan edi.
46 yoshli Pakyao soʻnggi marta 2019-yil iyul oyida Ket Turmanga qarshi jang qilib, WBA chempionligini yutgandi. Biroq keyinchalik faol boʻlmagani sababli mazkur kamar undan tortib olingan. 2021-yilda u Yordenis Ugasga qarshi ringga qaytgan, ammo bir ovozdan qaror bilan magʻlubiyatga uchrab, oradan bir oy oʻtib, ijtimoiy tarmoqlar orqali boksdan ketishini eʼlon qilgan edi.
Faoliyatini yakunlagach, Pakyao koʻrgazmali janglarda ishtirok etdi – koreyalik jangchi DK Yoo hamda yapon kikbokschisi Rukiya Anpoga qarshi ringga chiqdi. U siyosatga ham kirib kelib, 2016–2022-yillarda Filippin senatori sifatida faoliyat yuritdi. 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida esa uchinchi oʻrinni egalladi. Ayni vaqtda u Senat saylovlarida yana ishtirok etmoqda – saylov 12-may kuni boʻlib oʻtadi.
Raqibi Mario Barrios esa 2023-yildan beri WBC kamarining sohibi. Uning rekordida 29 gʻalaba, 2 magʻlubiyat va 1 durang bor. Soʻnggi bor u 2023-yil noyabrda Abel Ramos bilan durang oʻynagan edi. Qizigʻi shundaki, Barrios vaqtinchalik WBC kamarini aynan Pakyaoni nafaqaga chiqargan Ugasni yengib qoʻlga kiritgan.
Menni Pakyao boks tarixida 8 ta vazn toifasida asosiy chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan yagona bokschi sanaladi. U umumiy hisobda 12 marotaba jahon chempioni boʻlgan va 62 ta gʻalaba, 8 magʻlubiyat hamda 2 durang bilan nafaqaga chiqqan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring