FIFA Rossiya jamoalaridan sanksiyalarni olib tashlashi mumkin
Foto: “Getty Images”
FIFA Rossiya jamoalarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taqiqlash masalasini qayta koʻrib chiqishi mumkin. Bu fikrni FIFA prezidenti Janni Infantino Britaniyaning Sky telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya jamoalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish imkoniyati, hech boʻlmaganda, yoshlar darajasida koʻrib chiqilishi lozim.
“Bu taqiq hech qanday ijobiy natija bermadi, aksincha, koʻproq nafrat paydo boʻlishiga olib keldi”, deydi Infantino.
Shuningdek, FIFA rahbari tashkilot qoidalarni oʻzgartirish masalasini ham muhokama qilishi kerakligini aytib, milliy terma jamoalarni siyosiy sabablar bilan futboldan chetlatmaslik haqidagi tamoyilni mustahkamlab qoʻyish zarurligini qayd etdi.
Rossiya futboliga qoʻyilgan taqiq
2022-yil 28-fevral kuni Jahon futbolini boshqaruvchi tashkilot — Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Rossiya milliy terma jamoalari hamda mamlakat nomidan ishtirok etuvchi barcha professional klublarni FIFA tasarrufidagi musobaqalardan chetlatishini eʼlon qildi.
Shundan soʻng, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) ham Rossiya milliy terma jamoasining UEFA musobaqalarida ishtirok etishini taqiqlash boʻyicha shunga oʻxshash qaror qabul qildi.
FIFA va UEFA mazkur qarorlariga asos sifatida Rossiyaning Ukraina hududlariga bostirib kirishini koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring