FIFA ilk bor saudiyalik ayolni xalqaro hakam etib tayinladi
Foto: arabiandaily.com
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) birinchi marta Saudiya Arabistonidan boʻlgan ayolni xalqaro hakam etib tayinlashga qaror qildi. Bu haqda “Arabian Daily” xabar bermoqda.
Bu maqom Anud Al-Asmariyga berildi. U oʻzidan tashqari Saudiya Arabistonidan yana yetti nafar erkak hakamni oʻz ichiga olgan xalqaro toifadagi hakamlardan biriga aylanganidan xursand ekanligini tan oldi.
Al-Asmariy erkaklar terma jamoasi oʻyinida ishlashga tayyormi, degan savolga ham javob berdi. U bunday tayinlov Saudiya futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanmaguncha bu haqda oʻylashni istamasligini aytdi.
34 yoshli Al-Asmariy hakamlik faoliyatini 2018-yilda boshlagan. U bungacha 2019-yilda tashkil etilgan Saudiya Arabistoni ayollar terma jamoasida bir qancha uchrashuvlarni boshqargan.
Eslatib oʻtamiz, Qatarda boʻlib oʻtdigan jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turidan oʻrin olgan Germaniya va Kosta-Rika terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda (4:2) fransiyalik Stefani Frappart boshchiligidagi ayollar hakamlar brigadasi boshqargan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring