Fermerlar va klasterlar faoliyatining huquqiy kafolatlari kuchaytiriladi — Shavkat Mirziyoyev
Bu haqda Prezidentlikka nomzod farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Jumladan:
➖klasterlar va fermerlar o‘rtasidagi shartnoma munosabatlari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi;
➖klasterlar tomonidan fermerlarga ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar ular bilan o‘zaro kelishuv asosida alohida hisob-kitob qilinadi;
Bundan buyon, tumanda reja bajarilmayapti, chorva, parranda yoki baliqchilikka ozuqa-yem kerak, degan vajlar bilan fermerlar faoliyatiga aralashishga qat’iyan chek qo‘yiladi;
➖Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi, hokimlar fermer va klasterlar mahsulotlariga bozor topishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi;
➖fermerlarning faoliyat turini o‘zgartirishi soddalashgan tartibda bo‘ladi;
➖qishloq xo‘jaligida klasterlar va fermerlarning yerini haqiqiy bozor aktiviga aylantirish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Qisqacha aytganda, yerning ijara huquqini boshqa shaxsga o‘tkazish, hadya qilish, kredit olishda garov sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring